ravo
bilan ulashing
1. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan; oʻrinli, joiz.
-
Nasihatim achchiq, ammo davodir, Harna desam, otangizman, ravodir. Habibiy
2. Munosib, loyiq boʻlgan, toʻgʻri keladigan; mos.
-
Kishilarga hama nashʼu namo har choq ravo boʻlsa, Menga xohish nasib boʻlmish, safoni noravo tutmish. S. Abdulla
-
Agar sen badavlat boʻlsang, qashshoqni doʻst tutsang, ravodir. Qobusnoma
-
Yurtimiz tayanchi — azamatlar, hey Sizga hurmat ravo, vallamatlar, hey. Mirtemir, Asarlar
ravo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ravo koʻrmoq
-
Qilingan ishni ravo koʻrmoq. Uning u yerga borishini ravo koʻrmoq;
-
Siz boʻlsangiz, oʻzingiz koʻrgan shunday ogʻir kunlarni qizingizga ham ravo koʻrib oʻtiribsiz. S. Zunnunova, Olov
-
Oʻzing sevgan narsani odamlarga ham ravo koʻr — salomat yurasan. Fan va turmush
-
Ravo koʻr, yuzingda bir xol boʻlayin, Koʻrsat agʻyoringni — zavol boʻlayin. A. Oripov, Yillar armoni;
-
Oʻr-togʻingiz hujrasini bizdan ayamas, lekin boshqalar bizga hech nimani ravo koʻrmaydilar. Oybek, Tanlangan asarlar
Hojatini ravo qilmoq
-
Oʻgʻlon, maqsading ne boʻlsa tutgaysan qalam, Chunki jumla hojatin bori ravo qildi qalam. Hamza
RAVO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАВО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ravo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar