ravshan
bilan ulashing
1. Yaxshi yoritilgan, yop-yorugʻ.
-
Ravshan tun.
-
Kundek ravshan istiqboling, kamol top, respublikam. Yo. Mirzo
2. Yaxshi koʻradigan, oʻtkir (koʻz haqida).
-
Koʻzim ravshan. Koʻzim ravshan tortdi.
-
Ravshan koʻzlarin yoshlab, Urdi qamchin qulochlab. Malikayi ayyor
3. koʻchma Aniq, tushunarli, tushunish oson boʻlgan.
-
Ravshan fikr. Ravshan javob. Fikri ravshanning soʻzi ravshan. Maqol
-
Onaning barcha tashvishli oʻylari sovun koʻpigiday oʻchdi. Voqea ravshan edi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Demak, masalaning bir tomoni ravshan, endi ikkinchi tomonini oʻylab koʻrish kerak. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
-
Elmurodning koʻnglidan: bu podsholar ham yomon ekan-da, degan fikr oʻtdi, uning goʻdak aqli buni ravshan ifodalashga ojiz edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. koʻchma Koʻzga yaqqol tashlanadigan; ochiq-oydin, aniq, yaqqol.
-
Ravshan surat.
-
Oylar, yillar oʻtishi bilan mening koʻzimga bu narsa ochiq-oydin, ravshan koʻrina boshladi. Yoshlik
-
Oydinda ularning paranjili ikkita xotin ekanligi ravshan koʻrinib turar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. kesim vzf. koʻchma Yashirib, sir tutib boʻlmaydi, maʼlum, oshkor.
-
Buning xatoligi ravshan.
-
— Ahvolimiz sizga ravshan, — bemor yoʻtala-yoʻtala, cholga ishorat qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. Ravshan (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
ravshan soʻzi qatnashgan jumlalar:
1
-
Ravshan chiroq. Ravshan yonmoq.
-
Oldinda qishloq chiroqlari ravshan porlab, koʻzni qamashtiradi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
Koʻngli (yoki dili, taʼbi, tabiati, dunyosi) ravshan boʻlmoq (yoki topmoq)
-
[Gʻulomjon] Otasining xurragini eshitib, koʻngli ravshan topdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Rahmatilla uning xush qabul qilishidan, muomalalaridan koʻp savollariga javob topdi, dunyosi ravshan boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Umid uyqudan koʻz ochib, gʻarib, ammo hamma yogʻi chinnidek ozoda bir uyda boʻlganidan koʻngli ravshan tortdi. Mirmuhsin, Umid
Koʻnglini (yoki taʼbini) ravshan qilmoq
-
[Xolmat Ruzvonga:] Bu — odamning taʼbini juda ravshan qiladi. Mana bu tovuq goʻshtidan oling, juda soz boʻlibdi-da. Hamza, Kim oʻgʻri?
RAVSHAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАВШАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
RAVSHAN so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan RAVSHAN so‘ziga berilgan ma’nolar
ravshan so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
ravshan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing