ravshanlash
bilan ulashing
1. Yorisha bormoq, yorugʻ boʻlmoq.
-
Xona ravshanlashdi. Tun ravshanlashmoqda.
2. Yaxshi koʻradigan boʻlib bormoq, ochilmoq, ravshan tortmoq, tuzalmoq (koʻz haqida).
-
Uning koʻzi ravshanlashdi.
-
Ularga tikilib turarkan, Marhamatning koʻzi ravshanlashib ketdi. H. Nazir, Yonar daryo
3. koʻchma Aniq, ochiq-oydin boʻlib bormoq, oydinlashmoq.
-
Masala ravshanlashdi.
-
Erining feʼli, mijoz-tabiati kun sayin unga [Nuriga}ravshanlashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
ravshanlash soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli ravshanlashmoq
-
Yelkasidan bosib turgan gʻam yuki yengillashib, koʻngli ravshanlashar ekan, tavba, nega shunday boʻlar ekan-a? deb oʻylardi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Soliyev, Asrorning javoblarini eshitib, koʻngli ravshanlashdi. Toʻgʻri yoʻlga tushib olganini his etdi. Yoshlik
RAVSHANLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАВШАНЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ravshanlash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar