bolalik
bilan ulashing
1. Yosh bolalarga xos xatti-harakat, qiliq.
-
Bola bolaligiga boradi.
-
Bola-da, murti sabza urib qolgan boʻlsa hamki, bolaligini qoʻymaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Safarali qayerda turadi desak, birov aytib beradimi? Bolaliging qursin! Dunyoda Safaralidan koʻpi yoʻq. Oydin, Mardlik — mangulik
2. Odamning hali voyaga yetmagan davri; yoshlik.
-
U bolalikdanoq otlarni sevar, yaxshi otlarni boqish, tomosha qilishdan har vaqt zavqlanar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Dunyodagi eng maroqli sayr bolalik yillari oʻtgan koʻchalar boʻylab sayr etish boʻlsa kerak. S. Siyoyev, Otliq ayol
3. Farzandlik, farzand qilib olish, farzand qilib asrash.
-
[Oʻgʻlimni] Bir befarzandga bolalikka berdim. Qayerda boʻlsa, eson boʻlsin. Oybek, Tanlangan asarlar
bolalik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻgʻil bolalik
-
— Men kishining xizmatini unutadigan yigit emasman, — dedi Homid va davom qildi, — oʻgʻil bola uchun — oʻgʻil bolaligim, yomon uchun yomonligim bor. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
BOLALIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЛАЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bolalik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar