qandil
bilan ulashing
Bir necha sham yoki lampochka qoʻyiladigan oyoqli yoki osma chiroq; chilchiroq, lyustra.
-
Devoriy qandil. Osma qandil.
-
Oltin qandildagi elliklab shamlarning nuri uyga bir xayoliylik berar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻrnidan turib, devordagi vklyuchatelni chiqillatgan edi, uch lampali qandil yogʻdusi notinch va hayajonli yuzlarga tushdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Katta dolon, har bir uyda qiy-chuv, yerda chiroq, qandillar osigʻliq. J. Sharipov, Xorazm
Olma navlaridan birining nomi.
-
Qandil, simirenko olmalar serhosilligidan koʻzingiz quvonib, dilingiz ravshan boʻladi. N. Safarov, Olovli izlar
QANDIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАНДИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qandil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar