qani
bilan ulashing
1. soʻr. olm. Koʻz oldida yoʻq shaxs yoki narsaning qayerda ekani, mavjud oʻrni haqidagi soʻroqni bildiradi.
-
Bolalar qani? Portfeling qani?
-
Nega vaqtsiz kelding? Otabek qani? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Eʼtiborni jalb etish, undash, daʼvat bildiradi.
-
Qani, bek otasi, koʻrmanani bering-chi! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qani, qirgʻizim, doʻmbirangni ol oʻlaningni choʻz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qani, toʻshakka oʻtiring, Vali aka. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Istak-xohish maʼnosiga alohida taʼkid, urgʻu beradi; qani endi.
-
Qani bir pay boʻlsa, Yoʻlchi ham chalsa-da, butun koʻngil qaygʻularini kechaning sukut toʻla ogʻushiga quysa. Oybek, Tanlangan asarlar
-
qani shundoq yaxshi soatlarda uning yonida oʻgʻli Nizomiddin ham boʻlsa! Mirmuhsin, Meʼmor
-
Qani hamma xotin ham sizday boʻlsa! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
qani soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qani endi
-
Qani endi, har qanday moʻminga Dehqonboyday kuyov-u sizday qaynana nasib qilsa. A. Qahhor, Yangi yer
-
Qani endi, vaqtim va imkoniyatim boʻlsa. Anavi tokchalarni ham kitob bilan toʻldirar edim. P. Tursun, Oʻqituvchi
QANI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАНИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qani so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar