formula
bilan ulashing
1. Biror qoida, voqea-hodisa, qonun va shu kabilarning barcha xususiy holatlar uchun tatbiq etiladigan aniq, qisqa va umumiy taʼrifi, ifodasi.
-
Abdujalil boy oʻzining bu kashfiyotini quyidagi formuladan keltirib chiqaradi A. Qodiriy, Obid ketmon
2. mat. Biron-bir gap, fikr, tasdiqni ifodalovchi matematik belgilarning oʻzaro uygʻun birikmasi, kombinatsiyasi.
-
Algebraik formula. Qoʻshish formulalari.
-
Yoʻldosh qoʻlida tayyor tutib turgan yon daftarchasini Elmurodning oldiga qoʻyib, undagi formulani bir chekkadan uqtira boshladi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
U bir varaq qogʻozga tajribaning formulasini shosha-pisha yozib koʻrsatdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. kim. Biror birikmaning elementlar nomi oʻrnida qoʻllanuvchi lotincha harflar hamda elementlarning ayni birikma tarkibidagi miqdoriy nisbatini koʻrsatuvchi raqamlar bilan yozilgan qisqacha ifodasi; masalan, NaCl — osh tuzining formulasi.
FORMULA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФОРМУЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
formula so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar