qanday
bilan ulashing
1. soʻr. olm. Belgi, sifat, xususiyat haqidagi soʻroqni bildiradi; qanaqa?
-
Bu qanday kitob? Qanday ovqatni xohlaysiz? U qanday ish bilan band?
-
[Yormat:] Qanday beda deng, bogʻi quchoqqa sigʻmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ayt-chi oʻzing, Zarifa, axir kecha qanday tush koʻrding? A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Soʻroq gaplardan transformatsiyalangan gaplar tarkibida soʻroq anglatmay, faqat nisbiy belgini bildiradi.
-
Kuyov uchun qanday kiyim yarashmogʻi ham bahs qilinar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kapitan jangchilarni nom-banom chaqirib, kim qanday qurolni oʻrganmoqchi ekanini soʻradi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
E, onajonginam, qani endi sen ham shu yerda tirik boʻlsang-u, oʻz oʻgʻlingning qanday odam boʻlganini koʻrsang. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Maxsus ohang yordamida belgi-darajani kuchaytirib ifodalaydi; naqadar.
-
Hayot qanday goʻzal!
-
Oh, insonga taʼzim qilish, qad bukish qanday ogʻir, qanday haqorat. K. Yashin, Hamza
-
Unsin uchun — bechora qiz uchun bu qanday falokat, bu qanday mudhish motam! Oybek, Tanlangan asarlar
4. Bogʻlovchi soʻz (nisbiy soʻz) vazifasida qoʻllanadi.
-
Sotib olingan qul qanday boʻlsa, u ham bizga shunday edi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. ravish Qay tarzda, qay yoʻsinda.
-
Lugʻat qanday tuziladi? Bu pero qanday yozadi? Shuncha ishni bir oʻzing qanday bajarasan?
6. -ganda qoʻshimchasini olgan feʼllardan keyin kelib, berilgan savolga ijobiy javobni boʻrttirib, taʼkidlab ifodalaydi.
-
Bu filmni koʻrganmisiz? — Koʻrganda qanday. Shu kitob qiziqmi? — Qiziq boʻlganda qanday deysiz!
qanday soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qanday qilib
-
Qanday qilib bu yerga kelib qoldingiz?
-
Siz Oltin yulduzni qanday qilib olgansiz? Shuni aytib bersangiz. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Biz radioaktiv moddalarning gʻoʻzalardagi tirik toʻqimalarga qanday qilib taʼsir qilishini aniqlashga muyassar boʻldik. Fan va turmush
Qanday boʻlmasin (yoki boʻlsa ham)
-
Endi u [Nuri] Fazliddinning hamma sifatlarida, qanday boʻlmasin, bir kamchilik koʻra boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qanday boʻlmasin, ertaga kelishing kerak. Qanday qilay, Nima qila olar edim, nima qilay, na chora.
-
Endi qanday qilay, boʻlar ish boʻlgan.
-
Qanday qilay, oʻrtoqjon, oʻzimga qolsa, shundoq boʻlsin debmanmi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
QANDAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАНДАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qanday so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar