qanoat
bilan ulashing
1. Ozga yoki borga koʻnish, bori bilan kifoyalanish, nafsi tiyiqlik bilan koʻpga, ortiqchalikka intilmaslik hissi.
-
Kambagʻalni sabr-u qanoat asraydi.
-
Qanoat qilmasa, sharmandaligi ortadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mutalga raislikni berib, oʻzi muovinlikka qanoat bildirgan chogʻlarda, Ravshan polvon Mutaldan umidi boshqa edi. O. Yoqubov, Larza
2. Mamnunlik, qoniqish hissi; mamnuniyat, qoniqish.
-
Pochchayev hammaning faqat oʻziga qarab qolganini ichida qanoat bilan qayd qilib, Jumanga yer ostidan qalaysan? deganday bir nazar tashlab qoʻydi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Qanoat axloqiy, irodaviy fazilatlar jumlasiga kiradi. Fan va turmush
-
Qanoat yoʻq yerda muruvvat yoʻq, muruvvat yoʻq yerda imon yoʻq. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Ishonch, ishonish.
-
— Bu siringizni mendan yashirmoqchi boʻlasiz, — dedi tamom qanoat bilan Hasanali, chunki endi oʻz kashfiga juda ishongan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
qanoat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qanoat qilmoq
-
Ovqat ustida boshini egib, oldiga surib qoʻyishganiga qanoat qilardi. R. Fayziy, Hazrati inson
-
Nusratbekning qoʻshimcha daromad qidirmay, maoshga qanoat qilib yurganiga hali ham tushuna olmasdi. S. Nurov, Narvon
-
Zargarov qiyqirib kuldi, chapak chaldi va bunga ham qanoat qilmay, oʻrnidan turib oʻyinga tushdi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
Qanoat hosil qilmoq
-
Lekin Ibn Sino bu qissani yozishda Qurʼonda keltirilgan naql bilan qanoat hosil qilmagan koʻrinadi. Gazetadan
-
Uning gapidan hayotga toʻymaganlik, oʻtgan umridan qanoat hosil etmaganlik koʻrinib turardi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Boyagi soʻzlarni tushida emas, oʻngida eshitganiga qanoat hosil qilgandan keyin soʻradi: — Siz Razzoqni bilasizmi, oʻgʻlim? H. Gʻulom, Mashʼal
-
Istat bibining uxlab yotganiga qanoat hosil qilgach, hovli burchagidagi darchadan chorboqqa oʻtdi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
QANOAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАНОАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qanoat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar