qanoatlan
bilan ulashing
1. Ozga, boriga qanoat qilmoq, bori bilan kifoyalanmoq, qoniqmoq.
-
Kichkina dekcha qaynatib, bir tovoq, xoʻrda oshga qanoatlanganidan, doʻkondorlar orasida u sal kunda xoʻrda maxsum deb laqablandi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Qanoat hosil qilmoq, mamnun boʻlmoq, qoniqmoq.
-
Ishning unumidan qanoatlanmadi shekilli, cholga zugʻum qila ketdi. K. Yashin, Hamza
-
Oʻrinni solib bitirgandan keyin Zaynab qanoatlanib, uydan chiqmoqchi boʻlgan edi, uni Kumush toʻxtatdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Cheklanmoq, kifoyalanmoq.
-
Elmurod eshon bilan oqsoqol oʻrtasidagi diniy munosabatga aralashishni lozim koʻrmadi. Faqat zavqli kulgi bilan qanoatlandi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Agar biz shu bugunni oʻylar ekanmiz va bugungi ishimiz bilan qanoatlanib qolar ekanmiz, ertaga ham xuddi shu bugungi ish takrorlanaveradi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
QANOATLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАНОАТЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qanoatlan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar