qalʼa
bilan ulashing
1. tarixiy Dushman hujumiga qarshi mustahkam devor va xandaq bilan oʻralgan, mudofaa vositalari, istehkomlar bilan taʼminlangan shahar.
-
Andijon qalʼasi mustahkam. Bobur mirzo u yerda boʻlsa, qalʼa yanada mustahkam boʻlur. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Katta boy, yer egalarining saroy qoʻrgʻoni; qasr, ark.
-
Turobbiyning qalʼasida toʻqqiz ot choptirim yerdan koʻrinadigan bitta terak boʻlardi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
3. sheva Shahar.
-
Kanizlarning koʻpi turli qalʼalardan olib kelingan yosh goʻzallar edi. J. Sharipov, Xorazm
-
Mingta qalʼadan dalam yaxshi, Oxun. Bizning qizlarimiz ham juda shoʻx boʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻzim qishloqiman, qalʼadan narida turaman S. Siyoyev, Yorugʻlik
QALʼA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЛЪА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qalʼa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar