qahrli
bilan ulashing
1. Qahr-u gʻazabga toʻlgan, qahr; gʻazab ifodalovchi; gʻazabli.
-
Asqar polvon sargʻaygan, kir, lekin qahrli yuzidan terish artdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Mudarrisning qahrli vajohati suratni yirtib tashlashdan ham toymasligini koʻrsatar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. koʻchma Juda ham qattiq, shiddatli, ayovsiz.
-
Qahrli qish. Qahrli sovuq.
-
Shu sodda yigitning yuragini zaharlagan qahrli, mudhish hayotni qargʻadi. Oybek, Navoiy
-
Haqiqatan ham kuz etagi yoʻq qish qahrli kelishidan darak bera boshladi. D. Nuriy, Osmon ustuni
QAHRLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАҲРЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qahrli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar