qahr
bilan ulashing
1. Qattiq achchiqlanish, jahl tuygʻusi; gʻazab.
-
Zamiraning qahrdan yonayotgan koʻzlari, achchiqlanganda ham nafosatini yoʻqotmaydigan yuzi jazmaniga yanada chiroyli koʻrindi shekilli, yigit shirin iljaydi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Qoʻzgʻolonchi xalqning qahri har lahzada kuchaydi, hayqirigʻi koʻkni tutdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uning soʻzlashuv ohangi muloyim boʻlsa-da, ammo uzib olgudek qahr va achchiq kinoya sezilib turardi. S. Karomatov, Oltin qum
2. koʻchma Baʼzi tabiiy hodisalarning alamli kuchi, taʼsiriga nisbatan qoʻllanadi.
-
Qish qahridan qarsillaydi qayragʻochlar. A. Muxtor.
-
Achchiq ayoz koʻrsatar kuchin, Oʻtkirlashar sovuqning qahri. D. Fayziy.
qahr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qahri kelmoq
-
Olimjonning qahri keldi, koʻmir choʻgʻiday koʻzlaridan oʻt chaqnadi. Mushtum
-
Qahri kelganda, hech kimni ayab oʻtirmaydi. T. Ashurov, Oq ot
Qahri qattiq
-
Ha, ana shunday bemehr, qahri qattiq kimsalar ham bor. Gazetadan
Qahriga olmoq
-
Ey xudovandi karim, men bechorani nega buncha qahringga olding. K. Yashin, Hamza
QAHR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАҲР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qahr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar