qafas
bilan ulashing
1. Qush yoki hayvonlarni saqlash uchun maxsus yasaladigan xonacha.
-
Temir qafas. Qafasda saʼva boqmoq. Qafasdagi sher.
-
Qafas yashirib qoʻyilgan archa tagida bir kaklik patillab qoldi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Kattagina bir qafasdagi chiyaboʻri, chet odam kelganidan, norozi irjayib qoʻydi. J. Abdullaxonov, Oriyat
2. koʻchma Qafasga nisbatli narsa, holatni bildiradi.
-
Mana ikki yildirki, u Sodiqjon boyvachchaning oltin qafasida qon yigʻlab, kundoshlik jafosini tortadi. K. Yashin, Hamza
-
Yetti oʻgʻlon qutqarganda yorni jinlar qafasidan. M. Shayxzoda.
3. koʻchma Sanoq son bilan qoʻllanib, ayrim qushlarni urishtirishda oʻtadigan maʼlum vaqt doirasini (birligini) bildiradi.
-
Teshaboy boʻqoq Rahimberdi kalning tullagi bilan joʻjasini urishtirgan edi, ikki qafasdayoq Rahimberdining bedanasi chiyillab chiqib ketdi. Mushtum
-
ikki mullani bir qafas urishtirib, tomosha qilmoqchi boʻlibdilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
qafas soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻkrak qafasi
-
Yuragimni ezib, koʻkrak qafasimni yorib yuborguday boʻlayotgan alam va faryodga chiday olmay, sekin boqqa chiqdim. O. Yoqubov, Izlayman
QAFAS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАФАС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qafas so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar