qahqaha
bilan ulashing
1. Qattiq xushchaqchaq kulgi.
-
Sherbekning qahqahasi Suvonjonga tepasida bexosdan chaqmoq chaqqandek boʻlib tuyuldi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. koʻchma Davomli qichqirish, qagʻillash va shu singari tovushlarni bildiradi.
-
Boyqushning shum qahqahasi.
-
Qayerdadir, qum ichida, urgʻochi oqchorloqning xunuk qahqahasi eshitilar edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
qahqaha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qahqaha urmoq (yoki otmoq, solmoq)
-
[Nigora] Birdan qahqaha urib kularkan, buloqqa qoʻlini tiqib, chalpitib yubordi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Xoʻsh, xotin, xafa koʻrinasan. Bolalarning baxtiga oʻynab-kulib, kelinchaklarday qahqaha otib yurmaysanmi? Sh. Sulaymon, Ota, oʻgʻil
QAHQAHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАҲҚАҲА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qahqaha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar