nazariya
bilan ulashing
1. Voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli.
-
Nazariya hamma vaqt amaliyot bilan uzviy bogʻliq boʻladi va shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. OʻzME
2. Biror fan sohasini yoki uning biror qismini tashkil etuvchi asosiy gʻoyalar, umumlashgan qoidalar majmui.
-
Mashina va mexanizmlar nazariyasi. Oʻrmonchilik nazariyasi.
3. Biror sohada hunar olish, malaka orttirish, mahoratni oshirish yoʻlidagi bilim-qoidalar majmui.
-
Musiqa nazariyasi. Shaxmat nazariyasi. Samolyotni boshqarish nazariyasi.
4. Ilm-fan, sanʼat va boshqalar sohalarning mantiqiy abstrakt fikrlash yoʻli bilan ishlab chiqilgan asoslari.
-
Nazariyani amaliy ish bilan bogʻlash.
5. Voqea, hodisa va shu kabilarni tushunish-tushuntirishning umumiy prinsiplarini asoslab beruvchi ilmiy qonun-qoidalar majmui.
-
Darvinning turlarning kelib chiqishi haqidagi nazariyasi.
6. Biror narsaga, masalaga boʻlgan umumiy va shaxsiy qarash, nuqtayi nazar.
-
Sanʼat sanʼat uchun degan behuda nazariya. Uning har bir masalada oʻz nazariyasi bor.
NAZARIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАЗАРИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nazariya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar