nazar
bilan ulashing
1. Koʻz qarashi; nigoh.
-
Nazar solmoq. Nazar tashlamoq.
-
Yigitning sovuq nazari Madaminxoʻjani shoshirib qoʻydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Yoʻlovchi yoshlarni birma-bir nazaridan oʻtkazarkan, atrofga alanglab soʻradi: — Idoralaringiz qayerda, yigitlar? P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bizning ishimizga ham bir nazar solsangiz-chi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Sidiqjon qip-qizarib ketdi va Zunnunxoʻjaga gapirsangiz-chi! degan mazmunda nazar tashladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Oʻqituvchi leksiyaning yarmiga kelganda Yoʻldoshga egilib turgan Hasanga nazari tushdi. Iboxon, Ulugʻ kun
2. (faqat egalik qoʻshimchasi bilan) Voqea, hodisa, kimsa, narsa va shu kabilar haqidagi subyektiv fikr, ularga boʻlgan qarash.
-
Nazarimda, siz yanglishyapsiz
-
Xoʻjayinlar nazarida xizmatkor — yarim odam. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ishlar Elmurodning nazarida koʻngildagidek davom etayotganga oʻxshar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Nazar (erkaklar ismi).
nazar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nazar(i)ga (yoki nazari) ilmaydi
-
Menday bir mushtipar kampirni nazaringizga ilib kelibsiz, rahmat. S. Anorboyev, Oqsoy
Nazarga olmoq yoki nazarda tutmoq
-
Oʻsha vaqtdagi turmush, oʻsha sharoitdagi bolalikni nazarga olganda, uni kichik mehnatkash deyish mumkin edi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
Nazardan qolmoq
Nazari past yoki past nazar
Nuqtayi nazar
-
Masalaga moddiy manfaatdorlik nuqtayi nazaridan yondashmoq;
-
Iqlim nuqtayi nazaridan Oʻzbekistonning oʻziga xos xususiyatlari bor.
=dan qatʼi nazar
NAZAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАЗАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nazar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar