naycha
bilan ulashing
1. Kichik yoki ingichka nay.
-
U yerda ham laboratoriyadagiday egri-bugri shisha naychalar, shisha idishlar, oʻlchagʻichlar, elektrokamera, har xil asboblar. S. Anorboyev, Oqsoy.
2. maxs. Ip oʻraladigan naysimon asbob yoki mashina qismi.
-
Bu yerning bola-chaqasi tili chiqib, avval bilgan soʻzi — arqoq bilan tarogʻu naycha bilan moki. A. Muxtor, Opa-singillar
3. bot. Poliz ekinlarida hosil boʻluvchi tuguncha, nishona.
-
Shu bilan oshqovoqning tutgan naychalari sargʻayib toʻkilaverdi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Shaharliklar juda olifta, nozik kelishadi. Podvalda koʻkartirilgan kartoshka urugʻining naychasidan ham nimjon. M. Hazratqulov, Jurʼat
Yupqa metall yaproqcha oʻrami (nay shakli)dan iborat, chakkaga taqiladigan ayollar taqinchogʻi.
NAYCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАЙЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
naycha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar