qahramon
bilan ulashing
1. Shijoati, dovyurakligi, botirligi bilan shuhrat qozongan, jonbozlik, mardlik qilib, oʻzini koʻrsatgan shaxs.
-
Oʻlimdan qoʻrqqan kishi qahramon boʻlolmaydi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Qoʻshigʻimga ilhom bergan qiz, Olam-olam haydab qoʻydi yer. Kim koʻrsa ham uni, shubhasiz, Paxtazorning qahramoni der. T. Toʻla.
2. ad. Badiiy asarning bosh ishtirokchisi.
-
Roman qahramoni. Film qahramonlari
-
Hamma, birinchi navbatda, hikoyamizning qahramoni Yodgorni tabriklar edi. S. Ayniy Doxunda.
3. Umuman, biror voqea-hodisa va shu kabilarning sodir boʻlishiga sabab boʻlgan yoki unda asosiy rol oʻynagan shaxs.
-
Yuqorida Otabek tomonidan olingan maktubning haqiqati mana shu yoʻsin xiyonatning natijasi ediki, biz endi xiyonat qahramonlari bila) oʻquvchini tanishtiramiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Qahramon (erkaklar ismi).
qahramon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻzbekiston Qahramoni
QAHRAMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАҲРАМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qahramon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar