tashla
bilan ulashing
1. Narsani qoʻldan, yelkadan yoki boshqa joydan uzib, quyi tomon (irgʻitib, otib va hokazo) tushirmoq, yoʻnaltirmoq.
-
Olma uzib, yerga tashlamoq.
-
Gʻulomjon supurgini tashlab, qoʻllarini qoqdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Keyin nosini tashlashga joy izlab alangladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Narsani biron boshqa narsa, joy ustiga, ostiga yoki ichiga yoʻnaltirmoq, olmoq, solmoq, qoʻymoq.
-
Qizlar ichkaridan Hakimaning boshiga oq shol roʻmol tashlab, yetaklab chiqdilar. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Adyolni maysalar ustiga tashlab oʻtirishdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Munisxon suyanchiqqa boshini tashlab, derazaga tikilib borardi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
-
choponini yelkasiga tashladi-da, yoʻlga tushdi. N. Fozilov, Diydor
3. Kuch, zarb bilan intilmoq, oʻzini otmoq.
-
Zuhra Saodatxonga oʻzini tashlab, mahkam quchoqlab oldi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Choʻmilmoq-chun birday boʻlib, endi hovuzga tashladi. Murodxon
4. Biror ish, vazifa va shu kabilarga yoʻnaltirmoq, yoʻllamoq; safarbar qilmoq.
-
Hammani yigʻim-terimga tashlamoq.
-
Dushman bor kuchini jon holatda qarshi hujumga tashladi. Gazetadan
-
Dushman barcha mavjud tanklarini va oʻziyurar toʻplarini hujumga tashladi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
5. Eʼtiborsiz, aloqani uzib va boshqalar holda qoldirmoq.
-
Doʻst soʻzini tashlama, Tashlab, boshingni qashlama. Maqol
-
Uning talabalaridan bir qanchasi maktabni tashlab, bu yerga qochib keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Gʻavvos Muhammadning ustodni tashlab ketib qolgani armon boʻlib turganida, eshikdan uchinchi shogirdi — Zulfiqor Shoshiy kirib keldi. Mirmuhsin, Meʼmor
6. Barham bermoq, yoʻq qilmoq; yigʻishtirmoq (baʼzi odat, xatti-harakat kabilar haqida).
-
[Dadam] Aroqni tashlagan boʻlsalar-a! Rosa maza boʻlardi-da. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Oʻqituvchi yoki tibbiyot xodimi boʻlmoqchimisan — chekishni tashla, odamlarga ikki qiyofada koʻrinma. Gazetadan
-
Xoʻsh, ginani tashlagan boʻlsangiz nega boya ularning oldida ogʻzingizga kelganini oʻtladingiz? A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
7. Pasaymoq, tushmoq.
-
Sovuq bir oz tashladi. Narxlar ancha tashladi.
8. so‘zlashuv tili Raqsga tushmoq; oʻynamoq.
-
Tanovarga rosa tashladi.
9. koʻm. fl. vzf. -(i)b qoʻshimchali ravish-dosh shakliga qoʻshilib, harakatning keskin, kuchli tarzda yuz berishini bildiradi.
-
Buzib tashladi. Jerkib tashladi. Gʻijimlab tashlamoq. Agʻdarib tashladi.
-
Shu yerning oʻzida podshoh kishilari uni tutib olib, tilka-pora qilib tashlagan edi. Mirmuhsin, Meʼmor
tashla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gap tashlamoq
-
Shuncha qizlar bilan oʻqib, birga dars tayyorlab, birortasiga gap tashlamabman. M. Qoriyev, Oydin kechalar
Ilon poʻst tashlaydi
-
qilayotgan qiligʻiga ilonlar poʻst tashlaydi. Mirmuhsin, Meʼmor
Koʻz tashlamoq
-
Bobur toʻplanib turgan beklarga koʻz tashlagan edi P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Koʻlanka (yoki koʻlka) tashlamoq
-
Tarqalib ketgan keng shoxlar yerlarga ola koʻlanka tashlagan. Uygʻun, Saylanma
-
Tashladimi yoki bir umr koʻzimga gʻam koʻlkalarini. Sh. Rahmon, Yurak qirralari
Luqma tashlamoq
-
Jizzakilik qilib, oʻtirgan yerida notiqqa bir-ikki marta luqma tashladi. F. Musajonov, Himmat
Nazar tashlamoq
-
Rahim akaga kamsitgandek nazar tashladi F. Musajonov, Himmat
Orqaga tashlamoq
-
Qoʻrqib, oʻzini orqaga tashladi
-
Bugun borib kela qol, orqaga tashlama.
Soya tashlamoq
-
Bahaybat sada atrofga soya tashlab turibdi;
-
Raisaning qoshlari chimirilib, haligina kulib turgan yuziga gʻam soya tashladi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
-
Romanning badiiyligiga soya tashlab turgan voqealar baʼzi oʻrinlarda ortiqcha choʻzilib ketadi. S. Karomatov, Oltin qum
Tob tashlamoq
-
— Tob tashlamaslik kerak ogʻir sharoitlarda,— dedi Shoimov bamaylixotir. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Tomdan (oʻzini) tashlaydi
-
Moʻmay pul koʻrsa, tomdan oʻzini tashlaydi. Mushtum
Urugʻ tashlamoq
-
Dehqon yaxshi niyat bilan zaminga baraka urugʻini tashlamoqda. Gazetadan
Xandon tashlamoq (yoki otmoq)
-
Ortiq oʻzining hazilidan oʻzi xandon tashlab kuldi. M. Mansurov, Yombi
Shox tashlamoq
-
Shahzodaxon bir nozik shox tashlab, sochlarini tartibga soldi-yu taxmonga bordi. K. Yashin, Hamza
TASHLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАШЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tashla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar