tetapoya
bilan ulashing
1. Zoʻrgʻa, u yoq-bu yoqqa tashlanib boʻladigan (asosan bolaning qadami haqida).
-
Bola ona atrofida, tol tagida Yura boshlar, qadamlari tetapoya. H. Poʻlat
2. Ana shunday qadamlar bilan yuradigan.
-
Tetapoya bolani soʻqmoq yoʻldan katta yoʻlga chiqarib yuborgan muallimning inson hayotida ozmuncha hissasi bormi! A. Maʼzumov, Murabbiy
-
Oyogʻi ostida oʻralashib yurgan tetapoya qizchasini yiqitib oʻtib ketdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Rumiya bemorlik toʻshagida uzoq yotdi. Tetapoya boʻlib yura bosh-laganidan keyin ham ogʻir iztirob chekadigan bir turda boʻlib qoldi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
3. koʻchma Oʻz hayoti, faoliyatida endi ish boshlagan, endi mustaqil hayot kechira bosh-lagan, hali mustahkam oyoqqa turib olmagan (oila, tashkilot, jamoa va shu kabilar haqida).
-
Kollektivimizning tetapoya vaqti oʻtib ketgan, endi uni buzolmaysiz, oʻrtoq Rahmonqulov! A. Muxtor, Tugʻilish
-
Kolxoz endi tetapoya boʻlayotgan kunlarda dushman xuruj qildi, jamoat mulkiga oʻt qoʻydilar, urugʻlik gʻallani oʻgʻirladilar, turli-tuman mish-mishlar tarqatdilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Paxta nima, dehqonchilik nima — endi tetapoya boʻlib oʻrganib kelyapsizlar. H. Nazir, Choʻl havosi
TETAPOYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕТАПОЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tetapoya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar