sabab
bilan ulashing
1. Biror (koʻngilli yoki koʻngilsiz) ish-harakat, voqea, hodisaning yuzaga kelishida, sodir boʻlishida omil boʻlgan boshqa bir voqea, hodisa; bois, omil.
-
Kasallikning kelib chiqish sababi.
-
[Meʼmor:] Biz Xurosondan nima sababdan chiqib ketayotganimizdan xabaringiz bormi? Mirmuhsin, Meʼmor
-
Daraxtlarning nobud boʻlishi yerning qurishiga, suv kamayishiga sabab boʻladi. Gazetadan
-
Yadro nurlanishlari moddalarga taʼsir qilib, ular molekulalarining oʻzgarishiga sabab boʻladi. Fan va turmush
-
Sheʼr un cheksa, shoirning armoni sabab boʻlgay. A. Oripov
2. Biror ish-harakat yoki holat uchun asos boʻlgan narsa; vaj, bahona, bois.
-
Uzrli sabab.
-
Otabek yana oʻn besh kun oʻtkazib, tagʻin bir nozik sababni oʻrtaga tashlab, onasining ruxsatisiz Margʻilonga joʻnab soladir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Albatta, ataladan tish sinmaydi, ammo bu qimirlab turgan tishning tushganligiga bir sabab, xolos. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
3. fls. Olamning harakati va biron-bir vaqt mobaynida boʻlgan oʻzgarishdan soʻng ikkinchi boshqa bir natijaning zaruran kelib chiqishini taʼminlovchi asosiy hodisa.
4. soʻroq olmoshi vazifasida Nima uchun? Nega?
-
Shoh boʻlsang, sabab oʻgʻrilik qilgan fuqarolaringni tergamaysan? A. Qahhor, Bashorat
sabab soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sababi tirikchilik
-
Endilikda mungli, mushtipar singari soʻzlar qovushmay qolgan, bu xotinlardan hech biri qilayotgan ishiga, kasbi-koriga sababi tirikchilik deb qaramaydi. A. Qahhor, Tanlangan asarlar
Sabab ergash gap
Sabab holi
SABAB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САБАБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sabab so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar