burush
bilan ulashing
1. Ajin bilan qoplanmoq.
-
Yanganing burushgan, kesakrang chehrasi yorishib, supaga, dasturxon tepasiga keldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
U [Anzirat xola] oltmishlarga borib qolgan, nimjon, yuzi juda burushgan boʻlsa ham, qizil, tovushi mayin va yoqimli bir kampir edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bolalardan keyin yuzlari shaftoliqoqiday burushgan alla-qanday mitti kampirlar, munkillab qolgan koʻsa chollar koʻrindi. O. Yoqubov, Izlayman
2. Biror ruhiy taʼsir natijasida tirishmoq, chimirilmoq.
-
Uning tishlari gʻirchillab ketdi, aft-basharasi burushdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Yumari tashvish va qandaydir majhuliyat hissi bilan burushdi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Qurishib yoki tortishib qat-qat boʻlmoq, bujmaymoq.
-
Burushib qolgan olma.
-
Hammadan Ahmadning turishi alomat: boshidagi oq qalpogʻi ezilib burushib ketgani uchunmi, aftini oshpazlarga oʻxshatib yuboribdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
BURUSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРУШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burush so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar