buruqsa
bilan ulashing
1. Pagʻa-pagʻa boʻlib chiqmoq, koʻtarilmoq (tutun, chang va shu kabilar haqida).
-
Moʻridan buruqsab tutun chiqayotir.
-
Baʼzi uylarning moʻrilaridan buruqsab chiqqan kulrang tutun erinchoqlik bilan osmonga oʻrmalardi. S. Zunnunova, Olov
2. Tutab yonmoq, tutamoq; quyuq tutun chiqarmoq.
-
Samovar buruqsab ketdi. Xazon buruqsab yonmoqda.
-
Olov, qora tutun buruqsab turibdi. Shuhrat, Umr pogʻonalari
3. Anqimoq, gurkirab tarqalmoq (hid haqida).
-
Sochingdan buruqsar edi sunbulning isi. Gʻ, Gʻulom
4. koʻchma Ichdan chirimoq, sasimoq, inqirozga yuz tutmoq.
-
Maqsumjonning soʻzidan qandaydir tuturiqsizlikning hidi buruqsab turibdi. Gʻayratiy, Dovdirash
5. koʻchma s. t. Nojoʻya, boʻlmagʻur gaplar gapirmoq, aljimoq.
BURUQSA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРУҚСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buruqsa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar