taklif
bilan ulashing
1. Muhokama qilish, amalga oshirish yoki qabul qilish uchun taqdim etilgan fikr, masala, maslahat va shu kabilar
-
Taklif kiritmoq. Koʻpchilikning taklifi bilan qaror qabul qilmoq.
-
Laʼlixon kolxozga rais boʻlsin, degan taklif ovozga oʻyilganda, hamma bir koʻlini koʻtarsa, Bodom xola ikki koʻlini bab-baravar koʻtardi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Mening taklifim shuki Mirzayevga oʻxshaganlarga institutda oʻrin yoʻq. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Taklifi oʻrinsiz chiqqanini sezdi-yu gapni kulgiga burdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Tashrif buyurish, qadam ranjida qilish va shu kabilar haqidagi iltimos, soʻz, chaqiriq.
-
Taklif bileti.
-
— Rahmat, Olimxon aka, Men uyga boray, — Hakimboyvachcha taklifni oddiy manzirat deb bilgani uchun ketmoqchi boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Azam taklifni kutib turmay, boʻsh yashik ustiga oʻtirdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
3. ikt. Muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdorini ifodalovchi tushuncha.
taklif soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taklif qilmoq (yoki etmoq)
-
Meʼmorni koʻrishi bilan darhol oʻng qoʻli koʻksida, salom berib, ichkariga taklif etdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Keyinchalik Sanobarni oʻsha avtobus shofyori ustidan boʻladigan sudga taklif qilishdi. M. Xayrullayev, Koʻngil
-
Ustod Qavom non ushatib dasturxondagi shirinliklardan olishga taklif qildi. Mirmuhsin, Meʼmor
TAKLIF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАКЛИФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taklif so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar