taʼkidla
bilan ulashing
1. Boshqalaridan ajratib qayd etmoq; urgʻu berib, maxsus eʼtibor qaratishni qayd etib aytmoq.
-
Keyingi jumlani Jomiy zoʻr imon bilan taʼkid-lab aytdi. Oybek, Navoiy
-
— Ajralishibdi! — dedi Nurmat, shu soʻzni alohida taʼkid-lab. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Uqtirib aytmoq, tayinlamoq.
-
Nafisa ona, nochor unga javob berib, oʻziga ehtiyot boʻlishini, buvisining soʻzidan aslo chiqmasligini qayta-qayta taʼkidladi. Mirmuhsin, Umid
-
Elmurod bugungi mashqni takrorlash uchun pulemyotga yotar ekan, general shoshilmaslikni taʼkidladi. Shuhrat, Shinelli yillar
3. Tasdiqlamoq, quvvatlamoq.
-
— Balli, — Fazliddin boshi bilan xotinining soʻzini taʼkidladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Toshkin xavfidan qutulish uchun damba qilish zarurligini hamma bir ogʻizdan taʼkidladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
TAʼKIDLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪКИДЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼkidla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar