shakl
bilan ulashing
1. Narsaning tashqi koʻrinishi, sirtqi qiyofasi, ifodasi.
-
Uchburchak shaklidagi jism. Ayiq shaklidagi qoya. Shaklini oʻzgartirmoq. Biror shaklga kiritmoq.
-
Deraza oynalariga turli shaklda qiyiq qogʻozlar yopishtirilgan. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Doʻkondor ularga qalin kitob shaklida bir nimani tutqazdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. mat. Maʼlum koʻrinish, qolipdagi narsa, figura.
-
Geometrik shakllar.
3. fizika Jismning holati, koʻrinishi.
-
Muz suvning qattiq shaklidir.
4. Mazmunning ifoda tomoni, tashqi koʻrinishi, ifodalanishi.
-
Bu ajoyib asar-obidada ming-minglab oʻzbek oilalarining jasorati umumlashma shaklida ifodalangan. Gazetadan
-
Yangi davr qoʻshiqlari anʼanaviy shakllar tasvir vositalarisiz tugʻilishi hamda yoyilishi mumkin emas edi, albatta. OʻTA
5. koʻchma Biror narsani amalga oshirish yoʻsini; usul.
-
Sen bilan ikkimiz ikki shaklda oʻylaymiz.
-
Paxta frontidagi ijobiy mehnat xilma-xil shakllar kasb etyapti. H. Gʻulom, Ishonch
-
Adabiy aloqalarimiz yangi-yangi shakllar bilan boyidi. Gazetadan
SHAKL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАКЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shakl so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar