chirsilla
bilan ulashing
1. Chirs-chirs ovoz chiqarmoq.
-
Kattakon toʻnkadan chirsillab olov sachrayapti. Oʻ.Hoshimov, Ikki eshik orasi
-
Magnitofonning lentasi tugab, chirsillab aylana boshladi. Yoshlik
2. koʻchma Jahli chiqib ketmoq; asabiylashmoq.
-
Endi Halima chirsillab ketdi: — Ha, senga hazil qilib ham boʻlmaydimi! Oʻ. Usmonov, Qismat
3. koʻchma Dolzarblik kasb etmoq; keskin tus olmoq, keskinlashmoq.
-
Paxta masalasi — hamma vaqt chirsillab turgan masala. Mirmuhsin, Umid
-
Zamon chirsillab turibdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
4. koʻchma Sinib ketay demoq.
-
Mehmonxona. Ziyofat stoli noz-neʼmatlardan chirsillab turipti. Mushtum
5. koʻchma Kuchaymoq, zoʻraymoq (sovuq haqida).
-
Hamma yoq koʻkish qor bilan qoplangan, sovuq chirsillardi. M. Osim, Elchilar
CHIRSILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИРСИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chirsilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar