chiston
bilan ulashing
1. Topishmoq, jumboq.
2. Qochiriqli gap, ibora; qochiriq, qochirim.
-
Ha, tilingizdan olganmi, nega indamaysiz? — chiston qildi yana Lobarxon. Gazetadan
-
Olimboy aka endi toʻyu hashamlarda ilgarigidek gapirmas, askiyaga aralashadigan boʻlsa, yumshoqroq qilib, suyab chiston qilar edi. S. Ahmad, Oydin kechalar
3. ad. Sharq sheʼriyatida lirik janrlardan biri: narsa yoki hodisaning muhim belgilarini majoziy tavsiflab, uning nima ekanligini topishni oʻquvchiga havola etadigan, ikki baytdan oʻn baytgacha boʻlgan sheʼriy shakl.
-
Shoiraning [Uvaysiyning] sheʼrlari Devonda jamlangan boʻlib, u asosan chiston janrida katta shuhrat qozongan. S. Matjon va Sh. Sariyev, Oʻzbek adabiyoti.
CHISTON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИСТОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiston so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar