chirt
bilan ulashing
taql. s. Ip uzilishi, choʻpning sinishi va shu kabilardan hosil boʻladigan keskin tovushlarni ifodalaydi.
-
Ip chirt uzildi.
-
Ilkis bir siltovdan arqon chirt uzildi. Sharq yulduzi
-
har zamonda oltinrang barg chirt uzilib, pildirab uchardi. A. Muxtor, Kumush tola
-
Sherbek tishari orasidan chiqarib, chirt etkazib tupurdi. S. Anorboyev, Oqsoy
ravish Shartta, keskin.
-
Chirt oʻgirilmoq, Chirt burilmoq.
-
Gulsumning lablari chirt yumildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
chirt soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzni chirt yummoq
-
Sevargul beixtiyor chinqirib, koʻzlarini chirt yumdi. N. Qilichev, Chigʻiriq
-
Jamol polvon koʻzlarini chirt yumib oldi. Sharq yulduzi
-
Koʻzni chirt yumib, toʻyni borayvering.
CHIRT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИРТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chirt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar