tasdiqla
bilan ulashing
1. Qaror bilan yoki qoʻl qoʻyib, muhr bosib, qonuniy kuchga kiritmoq.
-
Hukumat loyihani tasdiqladi. Direktor shartnomani tasdiqladi. Kotiba imzoni tasdiqladi.
-
Buyruqni dastlab boshqarma, soʻngra ministrlik biron-bir eʼtirozsiz tasdiqladi. Yoshlik
-
rektorat ham uning ikkita imtihondan qarzi borligini hisobga olib, bu qarorni tasdiqlagandi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Biror ish, harakat, gʻoya va shu kabilarni toʻgʻri deb topmoq, maʼqullamoq, tasdiq etmoq.
-
— Ota, bular choʻpon emas! — dedi Badia. Bu gapni Zulfiqor ham, Zavrak ham tasdiqladi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
— Ha, barakalla, — Qudrat kallasini tebratib tasdiqladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Toʻgʻriligidan dalolat bermoq, isbotlamoq.
-
Bu fakt fikrimizni tasdiqlaydi.
-
— Materialni tasdiqlovchi hujjatlaringiz bormi? — deb soʻradi. Mushtum
-
Uning fikrlari haqligini hujjatlar tasdiqlab turibdi. Gazetadan
TASDIQLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАСДИҚЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tasdiqla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar