tasadduq
bilan ulashing
1. Sadaqa; qurbon, fido.
-
Qaniki topilsa yorim, Tasadduqdir harna borim. Ravshan
2. undov so‘z Sadaqa boʻlay, oʻrgilay.
-
Hammasini kiyib, zeb-u ziynatlarni taqib olibsiz-ku, tasadduq. K. Yashin, Hamza
-
Hozir, tasadduq! Hozir, bolam S. Nurov, Narvon
3. undov so‘z Tahsin, ofarin, tasanno.
-
Seni tugʻgan onangga ming tasadduq, Qay yigitning sendek baxtiyori bor. Yo, Mirzo
-
Paxtasini bayroq qilgan Paxtakorga tasadduq. N. Narzullayev
tasadduq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jonim tasadduq
-
Jonim tasadduq senga, nigorim. Hamza
-
Jonim tasadduq boʻlsin u kishiga. Oybek, Navoiy
Tasadduq boʻlay (yoki ketay)
-
[Xolmat:] Qayoqqa qarasam, hur bilan gʻilmon quchaman-a! Tasaddugʻing ketay! Hamza, Boy ila xizmatchi
Tasadduq boʻlmoq
-
Onang boʻyginangga tasadduq boʻlib, Otang maqtanadi: tayanchim, koʻrkim. Gʻ, Gʻulom
TASADDUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАСАДДУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tasadduq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar