tasalli
bilan ulashing
Yupantiruvchi, taskin beruvchi gap-soʻz, xatti-harakat va shu kabilar
-
Yengil esgan shabadadanmi yo brigadirning tasallisi kor qildimi, har qalay, raisning chehrasi bir oz yorishdi. X. Ergashev, Tadbirkor rais
-
Men haqiqiy qishloq oqsoqollarining soʻzini eshitdim. Mening uchun yurak amri bilan aytilgan bu soʻzlar tasalli edi. N. Safarov, Olovli izlar
tasalli soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tasalli bermoq
-
Shu topda yigitchaga nimadir deb tasalli bergisi keldi-yu, soʻz topolmadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Omon unga yaqinlashdi, yelkasiga qoʻlini tashlab, tasalli berdi. S. Karomatov, Oltin qum
Tasalli topmoq
-
Shu gapni aytsa, koʻngli allaqanday tasalli topardi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
-
Yigit sheʼr yozib, oʻzini bir yaproqqa, qizni bir tomchiga oʻxshatib, koʻngli ancha-muncha tasalli topadi. P. Qodirov, Uch ildiz
TASALLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАСАЛЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tasalli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar