tarz
bilan ulashing
1. (3-shaxs egalik shaklida — tarzi) Oʻzi bogʻlanib kelgan (oʻzidan oldin qoʻllangan) soʻz bildirgan narsaning yoʻsini, koʻrinishi, holati maʼnosini anglatadi.
-
Hayot (turmush) tarzi.
-
Onasining gaplari Sanamga hech yoqmagan, lekin gapning tarzidan onasining kampir bilan hamfikr ekanini anglagan edi. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
-
Suv muzga aylanganda, modda zarralarining harakat tarzi oʻzgaradi. Fan va turmush
2. (3-shaxs egalik va oʻrin-payt kelishigi shaklida — tarzida) Ish-harakat, narsa-hodisaning yoʻsini, ravishi maʼnosini bildiradi; yoʻsinida, sifatida.
-
Koʻngli tortib yurgan odami aytgani uchun xafa boʻlmadi, ammo hazilga hazil tarzida shoʻxlik qildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Davra suhbati savol-javob tarzida oʻtdi. Gazetadan
-
Shu sababli oʻzingizga sir tarzida aytamanki, Angliya tez orada jahoniy davlat mavqeyini yoʻqotadi. A. Hakimov, Ilon izidan
3. (oʻrin-payt kelishigi shaklida — tarzda) Belgi bildiruvchi soʻzlar, shuningdek, ayrim olmoshlar bilan qoʻllanib, shu soʻzlar anglatgan belgili holatni, harakat-holatning shunday holat, yoʻsin bilan boʻlishini bildiradi; yoʻsinda, holda.
-
Hafiz Mirzamuhamedovich odatiga xilof tarzda koʻproq gapirib qoʻyganini payqadi shekilli, birdan toʻxtab qoldi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Musavvirlar kitobning mazmuniga hamohang tarzda rasmlar chizishgan Fan va turmush
-
Shu tarzda ishlar juda sekin siljidi. P. Qodirov, Uch ildiz
4. koʻm. vzf. (3-shaxs egalik va oʻrin-payt kelishigi bilan — tarzida) Oʻxshatish, qiyos munosabatini bildiradi; sifatida, kabi.
-
Oʻlpon toʻlashdan bosh tortganlari uchun, oʻn olti ming Xilari jarima tarzida tortib olib kelindi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
5. sheva Yuz, chehra; qiyofa, ahvol.
-
Tarzing bordir oy-u kundan ziyoda. Oysuluv
-
Tarziga qarasang, bir lochin — shunqor. Bahrom va Gulandom
tarz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir tarzi (yoki tarzda)
-
Univermagning sotuvchisi Barot Zohidov ishdan bir tarzi boʻlib kelgan kuni onasi koʻp nazr-niyoz bilan Barno domlanikiga yugurib qoladi. Mushtum
TARZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar