tarvuz
bilan ulashing
Qovoqdoshlar oilasiga mansub, palak otib oʻsadigan bir yillik poliz oʻsimligi va uning yeyiladigan yumaloq yoki ovalsimon, qizil goʻshtli, sersuv hosili.
-
Tarvuz urugʻi.
-
Oʻroz qayerdandir katta tarvuz keltirib, oʻrtaga qoʻydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Poyezd bilan baravar gʻarbga ketayotgan quyoshning safari tezlashdi va u, kesilgan qizil tarvuz pallasidek, oʻrmon daraxtlariga ilinib qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
tarvuz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tarvuzi qoʻltigʻidan tushmoq
-
Dafndan soʻng toʻy bir yilsiz boʻlmasligini eshitib. Kari kuyov, tarvuzi qoʻltigʻidan tushib, qishlogʻiga xomush qaytib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qudrat tarvuzi qoʻltigʻidan tushganday boʻshashdi, koʻzlariga gʻilt-gʻilt yosh oldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
TARVUZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРВУЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarvuz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar