tarvaqayla
bilan ulashing
1. Yoyilib, har tomonga shox otib ketmoq (daraxt haqida).
-
Har yoqqa tarvaqaylab oʻsgan besoʻnaqay, qari tollarning koʻlankasi quyuq. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Yoniga, atrofiga choʻzilmoq, keng ochilmoq.
-
Meshday qappaygan korni yurgani-da ham silkinar, tirsillab turgan oppoq yelini sonlariga shalop-shalop urilar, oʻrta koʻlday yoʻgʻon-yoʻgʻon, tarvaqaylab ketgan emchaklaridan yoʻl-yoʻlakay sut tiz-tiz tirqirardi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
— E, boʻldi, boʻldi, — lablari tarvaqaylab iljaydi Halimboy. F. Musajonov, Nozik masala
-
Rahimning ogʻzi tarvaqaylab ketdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. Yalpaymoq; lapanglamoq.
-
Sinfga uzun malla toʻn, koʻk duxoba doʻppi kiygan, qip-qizil yuzli, oʻrta boʻyli bir kishi tarvaqaylab kirib keldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
TARVAQAYLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРВАҚАЙЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarvaqayla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar