quvur
bilan ulashing
1. Katta, yoʻgʻon sopol truba.
-
Obrahaga quvur qoʻymoq.
2. Suv, bugʻ, gaz va shu kabilarning oqishi uchun temir, beton va boshqalardan ishlangan uzun, ichi boʻsh maxsus qurilma.
-
Gaz quvuri. Neft quvuri. Suv quvuri.
-
Kozim temir quvurlardan sharqirab suv otilayotgan hovuzchaga duch keldi. E. Usmonov, Yolqin
-
Soʻngra undan bogʻ tomonga qaratib diametri 80 millimetr boʻlgan polietilen quvurlar tor-tildi. Fan va turmush
3. so‘zlashuv tili Ayrim asbob, qurol kabi narsalarning quvursimon qismi; stvol.
-
Tepaliklarning etagida ogʻir toʻplar, uzun quvurlari osmonga koʻtarilgan zenitkalar turadi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Keyin [samovarga] pistakoʻmir solib, quvuriga mahsi kiydirib, dam berdi. S. Ahmad, Ufq
-
Ibrohimbek toʻpponcha quvurini oʻziga qaratib, ichiga pufladi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
QUVUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУВУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quvur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar