quvonchli
bilan ulashing
1. Quvonchni ifodalovchi, shodlik va xursandlikni aks ettirgan; shodlik va xursandlik bilan toʻlgan, sevingan, shod, quvnoq.
-
Quvonchli tabassum. Quvonchli yuz.
-
Elmurod va uning doʻstlari quvonchli, porloq kunlarining qanday oʻta-yotganini sezmasdilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Baxmal qirgʻoqlarni toʻldirib oqdi Baxtiyor elimning quvonchli sasi. Gʻayratiy
2. Kishiga quvonch bagʻishlaydigan, quvonsa, xursand boʻlsa, sevinsa arziydigan.
-
Quvonchli natija. Quvonchli xabar.
-
Shu vaqt Yuryev batalonining jangchilari uchun yana bir quvonchli hodisa yuz berdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Ana shunday quvonchli kunlarning birida toʻsatdan boshimga falokat tushsa boʻladimi! E. Raimov, Ajab qishloq
QUVONCHLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУВОНЧЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quvonchli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar