quvnoq
bilan ulashing
1. Doim, tabiatan xush kayfiyatli; xushchaqchaq.
-
bu oiladagilarning hammasi ham samimiy, quvnoq va oqkoʻngil ekanligiga ishongan sayin, bu oʻngʻaysizlik oʻrtadan koʻtarilib borardi. S. Zunnunova, Olov
-
Mahdi tabiatan quvnoq, kuydi-pishdi edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Shod, xursand kayfiyatli; quvonchga toʻla.
-
Hammalari quvnoq, eginlari bashang. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
U bugun juda quvnoq. T. Ashurov, Oq ot
-
Bari oʻtib ketdi bir tush misoli, Eslayman goh mahzun, gohida quvnoq. A. Oripov, Yillar armoni
3. Shod-xurramlik aks ettiruvchi, ifodalovchi.
-
Men sahnalashtirgan quvnoq komediya ham shu haqda Gazetadan
-
Toshkent uz-bekning sanʼati, tovushi, Quvnoq muzikasi, kuyi, obroʻsi. Gʻ. Gʻulom
-
Oʻsha quvnoq kulgi, hazil endi qandaydir jiddiyat, oʻy va gʻazab bilan aralashib ketgan edi. S. Zunnunova, Olov
QUVNOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУВНОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quvnoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar