hamroh
bilan ulashing
1. Yoʻlda birga boruvchi; yoʻldosh.
-
Hamroh boʻlmoq
-
Yarim kecha vaqtida shaharga kiradi, yonidagi tetik ham-rohining koʻmagida bir choyxonaga kirib olishga muvaffaq boʻladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
mehmonxonaga qaytayotganimizda, hamrohlardan biri: — Temir yoʻl bilan shahar oʻrtasidagi yayloq maydon qani? — deb soʻradi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
2. Ish-faoliyatda, hayotda birga boʻluvchi shaxs.
-
Har kuni kechga tomon Sobirjonning bolalaridan bittasi Xayribibi oldiga kelib, hamroh boʻlib yotardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
3. koʻchma Birga boʻluvchi; birga.
-
Oʻshanda menga oʻkinch doimiy hamroh edi. Yoshlik
-
Oybek oʻz qahramonlarini iloji boricha yaxshilik bilan hamroh boʻlishga, doimo ezgu niyat bilan yashashga daʼvat etadi. OʻTA
-
Oʻlar vaqtda hamroh boʻlsin imonim. Murod-xon
HAMROH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАМРОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hamroh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar