hamon
bilan ulashing
1. ravish Shu damgacha, hozirgacha, hali ham.
-
Sening gaping hamon qulogʻimda. Hamon ishlayapti. Hamon soʻzlayapti.
-
Dovul hamon quturmoqda. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Oradan qancha yillar oʻtsa hamki, hamon mana shu hikoya menga tinchlik bermaydi. Gazetadan
2. koʻm. vzf. Payt munosabatini bildiradi; oʻsha (shu) ondayoq, bilan(oq).
-
Ular jardan chiqqan hamon odam ovozini eshitdilar. M. Muhamedov, Qahramon izidan
-
[Gulnor] Yoʻlchi toʻgʻrisida Nurining soʻzlarini eshitgan hamon, olam uning koʻziga qorongʻilandi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
yonbosh qoʻygani hamon koʻzi yumilib, uyqu bosardi. T. Rustamov, Mangu jasorat
HAMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hamon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar