hamohang
bilan ulashing
1. Ohangdosh, bir xil ohangli.
-
Sohillarda nay chalay, Kuyla, hamohang boʻlay. Mirtemir
-
Hamohang jaranglar birday kuyimiz, Uzoq-uzoqlarda yashaymiz garchand. Zulfiya
2. koʻchma Bir-biriga uygʻun, monand; mos, bir xil.
-
Buyuk doʻstlar hijronda ham fikrdosh. Ulugʻ qalblar tepayotir hamohang. M. Shayxzoda
-
Qushlar tovushi, suvlar shovqini qalbimizga hamohang, yaqin. Uygʻun
-
Qiya oʻtirgan Hayotning chekka tomirlari loʻqillar, beqasam kamzuliga tiqilib turgan boʻliq koʻkragi nafasiga hamohang boʻlib, goh koʻtarilar, goh tushar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Badia qulochlarini yozib, chirmanda gijbangiga hamohang oʻyinga tushib ketdi. Mirmuhsin, Meʼmor
HAMOHANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАМОҲАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hamohang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar