quvlik
bilan ulashing
1. Quv ekanlik.
-
Uning quvligini hamma biladi.
-
Lekin quvligi uchun ayblab boʻlmaydi shunday katta xoʻjalikni eplash uchun ozgina ayyor boʻlish ham kerak. M. M. Doʻst, Lolazor
2. Quv odamlarga xos ish, xatti-harakat.
-
Janglarda botirlikdan koʻra quvlik, mohirlik, epchillik ish beradi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Oʻzi oʻlguday toʻgʻrisoʻz, gʻir-romlik, quvlikni bilmasdi. Mirmuhsin, Umid
-
Xafa boʻlmagin-u, ukam, men sendan bunaqa quvlik chiqadi, deb hech oʻylamagan-dim. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
3. Quv shaxsga xos his-tuygʻu, xislat va uning ifodasi.
-
Musa akaning quvligi tutdi. Sharq yulduzi
-
Qancha quvlik, shoʻxlik bor edi Rahim akaning koʻzlarida. F. Musajonov, Himmat
QUVLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУВЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quvlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar