quvvat
bilan ulashing
1. Harakat-faoliyatga olib keluvchi qobiliyat; harakatlanish, harakatlantirish qobiliyati; kuch.
-
Qirq ming elat ichida bu qizga quvvati barobar keladigan er yigit yoʻq. Boʻtakoʻz
-
Qaridim, ish qilishga qolmadi quvvat. Gʻayratiy
-
Poyezd borar quvvatga toʻlib. H. Poʻlat
2. aynan Energiya.
-
Elektr quvvati.
-
Shu suvning quvvatidan uyimiz yorugʻligi. Q. Muhammadiy
-
Ulugʻ kishilik aqli atomdagi quvvatni Pokiza umid bilan qila ololdi ijod. Gʻ. Gʻulom
3. fizika Bir vaqt birligi ichida bajarilgan yoki bajariladigan ish miqdori.
-
500 megavatt quvvatga ega boʻlgan gidrostansiya. Quvvat bir sekundda bajarilgan ishdir.
4. Korxonalarning ishlab chiqarish imkoniyatlari majmui.
-
Mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini oshirish bilan yangi obyektlar ham barpo etildi. Fan va turmush
5. Kuch, chidamlilik.
-
Chirigan yogʻochning quvvati boʻlmaydi.
6. koʻchma Moddiy, maʼnaviy imkoniyat; qodirlik, qurb; qobiliyat, layoqat, bilim.
-
Oʻchda qahramonlarning har ikkalasi ham xarakter sifatida oʻzlarining jozibadorligi, maʼlum bir xislatlarining boʻrttirib tasvirlanishi bilan kitobxonni oʻziga tortib olish quvvatiga ega. M. Qoʻsh-jonov, Poemadan romanga
-
Elmurod kimda qanday oʻqish asbobi borligini tekshirib chiqqandan keyin, oʻquvchilarning quvvatini sinashga kirishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
7.
-
Bir piyola choydagi quvvat bir burda nonga teng ekanligi hisoblab chiqilgan. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
8. koʻchma Dalda, madad.
-
Argʻamchiga qil quvvat. Maqol
-
Mayin tovush eshitildi: — Kelinglar rahmat! Odamga odam quvvat boʻladi, ming rahmat! A. Qahhor, Ming bir jon
-
Indamasa ham, shu yerda turishi, Gʻulomjondan nimanidir kutishi yigit yuragiga quvvat berdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
quvvat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Quvvatga kirmoq
-
U [hakim-doktor] tomirimni ushlab, andak mulohaza qildi-da: — Sizniki — kosib kasal, dalaga chiqing, bahridilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz, — dedi. Oybek, Tanlangan asarlar
Quvvatdan ketmoq (yoki qolmoq)
Quvvati yetmoq (yoki kelmoq)
-
Oʻyla, bolam, kimga kelar quvvating? Rustamxon;
-
— Bitta xotin olib berishga quvvatim yetadi, — dedi Botirjonga dadasi. Q. Maqsumov, Saodatli chamanda
-
[Nuri] Pul va boylikning quvvatiga ishongani uchun, bu yoʻlni qulay deb topdi. Oybek, Tanlangan asarlar
QUVVAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУВВАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quvvat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar