quvg‘un
bilan ulashing
1. Oʻz joyi, vatanidan haydash, quvish, surgun qilish, qilinish xatti-harakati, holati; shunday holatdagi hayot.
-
Qoʻqon atroflarida, Soʻx va Hushyor degan joylarda Bobur ikki yil quvgʻunda yurgan. Yoshlik
-
Ular zindonlarda, turmalarda, quvgʻunlarda edi. Oybek, Nur qidirib
-
Avaz, bir tarafdan, quvgʻunga uchrab, mana shu dala-tuzga kelib qolganiga xursand edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Oʻz joyi, vatanidan quvilgan, shunday holat, sharoitda yashovchi shaxs.
-
Quvgʻunlarni yurtga qaytarib, gunohga botdimi? T. Malik, Qaldirgʻoch
quvg‘un soʻzi qatnashgan jumlalar:
Quvgʻun qilmoq
-
Otamning boshini yeganlar, meni quvgʻun qilganlar uchun qon toʻkib, esimni yeganim yoʻq! Shuhrat, Jannat qidirganlar
QUVG‘UN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУВҒУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quvg‘un so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar