quy
bilan ulashing
1. Suyuqlikni bir idishdan boshqa idishga tushirmoq, solmoq.
-
Grafindan stakanga suv quymoq. Kosalarga sut quymoq.
-
[Xotin] Dasturxonni yozib, ustiga nonni qoʻydi-da, piyolaga issiq choy quyib, eriga tutdi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv olib quymoqda edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Maʼlum maqsadda (masalan, yuvinish va shu kabilar uchun) yoʻnaltirmoq, oqizmoq (suv haqida).
-
Ekinlarga suv quymoq. Qoʻlga suv quymoq.
-
Gulnor bir obdastaga suv toʻldirib, dadasiga tutdi. — Quy oʻzing, — dedi Yormat, ham ayvonning labiga oʻtirib, etik yuvishga boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Qattiq, shiddat bilan yogʻmoq (yomgʻir, sel, jala haqida).
-
Erta kuz jalasi togʻlik joylarga xos hafsala bilan quyar, yomgʻir suvi temir yoʻlning ikki tomonidan daryo boʻlib oqar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Bu viloyatning samosi gʻalvirday suv tutmas boʻlganidan, yomgʻir yoz boʻyi rosa quydi. Oybek, Quyosh qoraymas
4. Juda koʻp miqdorda, moʻl-koʻl oqizmoq, toʻkmoq.
-
— Nimaga yigʻlamay, koshki koʻzim oqib tushsa, hech nimani koʻrmasam — koʻz yoshlarini quyib soʻzladi Gulsunbibi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. koʻchma Yogʻdirmoq, toʻkmoq, sochmoq.
-
Oftob osmondan olov quyyapti. S. Ahmad, Taʼzim
-
Musaffo osmonda toʻlin oy yaltirar, jamolidan butun yer yuziga ziyo quygandek. N. Safarov, Olovli izlar
6. Tayyor qolipga erigan, suyuq, yumshoq narsa solib, buyum tayyorlamoq.
-
Sham quymoq. Qozon quymoq. Gʻisht quymoq.
-
Zavod qaytadan qurilib, uskunalanib, minomyotlar uchun snaryadlar quya boshladik. N. Safarov, Olovli izlar
quy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tagiga suv quymoq
-
Joʻrayevning bu ishi haromxoʻrlarga yoqmagan boʻlsa kerak, uning tagiga suv quyish uchun tirnogʻi orasidan kir qidira boshladilar. Mushtum
Quyib qoʻygandek
-
Nizomjon Zebixonga tikilib turib, uning qop-qora qoshlariga, quyib qoʻygandek kelishimli qomatiga mahliyo boʻlib qoldi. S. Ahmad, Ufq;
-
Adl qad, xipcha beliga quyib qoʻygandek yopishib turgan gimnastyorkasi biram oʻziga yarashgan. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz;
-
Oʻziyam shunday Rahimaginaning oʻzi-da, quyib qoʻygandek. E. Raimov, Ajab qishloq
QUY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar