quyil
bilan ulashing
1. Quymoq feʼlining majhul va oʻzlik nisbati.
-
Koʻk choy jonon piyolalarga quyildi. Bir kunda ikki ming dona gʻisht quyildi. Bronzadan haykal quyildi.
-
Togʻ-toshlardan oqib tushgan suvlar koʻpirib oqib, Zarafshonga kelib quyiladi. J. Sharipov, Saodat
-
Jahonning qayerida oʻt chaqnayapti, qayerida ofat-oʻlat odam bolasini qiyratyapti, qayerida zambaraklarga oʻq quyilyapti — hech kimning xayoliga kelmasdi. S. Ahmad, Ufq
2. koʻchma Juda koʻp, kuchli tarzda (oqim tarzida) kelmoq; yogʻilmoq.
-
Koʻzlariga jiqqa yosh quyilib keldi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Boʻgʻzidan quyilib chiqayotgan xoʻrsiniq kampirning yelkalariga issiq tegardi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Shamsi Toʻrayevich yaqinlasharkan, Bashirjonning yuragiga hayajon quyildi. N. Aminov, Qahqaha
-
U juda ishtiyoq bilan yozardi, fikrlar ham quyilib kelardi. Mirmuhsin, Umid
QUYIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЙИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quyil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar