quyma
bilan ulashing
1. Quyish yoʻli bilan tayyorlangan, quyilgan.
-
Quyma oltin.
-
Arxeologlar Qora dengizning shimoliy qirgʻogʻidan baliq shaklidagi quyma chaqalarni topishgan. Fan va turmush
2. aynan Quyilma.
-
Choʻyan quyma.
-
[Dengizchilar] Koʻl ichida yogʻochga ham, metallga ham, gilga ham oʻxshamaydigan yaltiroq tiniq rangli quyma yotganini koʻrishgan. M. Aminjonova, Shishaning kashf etilishi
-
Metall quyilmalar va payvand choklarida uchraydigan nuqsonlarni aniqlovchi gamma-defektologiya usuli nuqsonlarni osonlik bilan topishga imkon beradi. Fan va turmush
3. koʻchma kam qoʻll. Quyib ishlangandek, mushaklari boʻrtgan, miqti (kishi gavdasi haqida).
-
Sherbek egilib qarab, yumaloq, quy-ma qirgʻiz yigitga koʻzi tushdi. S. Anorboyev, Oqsoy
4. koʻchma. Koʻp takrorlanadigan, bir qolipdagi (gap, soʻz, ibora haqida).
-
Quyma gaplar.
-
Bundan ham natija chiqmadi — hamon oʻsha, sira oʻzgarmaydigan quyma javob. A. Qahhor, Sarob
5. koʻchma Aniq-ravshan, chertib-chertib aytilgan; burro.
-
U soʻzlar, zamonlarga berganday oydin javob, Hamma jim, u soʻzlardi — quyma edi va sodda Mirtemir
QUYMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЙМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quyma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar