quyon
bilan ulashing
1. Tovushqonlar oilasiga mansub, quloqlari va orqa oyoqlari uzun sutemizuvchi hayvon.
-
Yovvoyi quyon. Xonaki quyon. Quyon terisi.
-
Toʻngak orqasidan quloqlari dikkaygan quyon paydo boʻldi-da, koptokdek sakrab, butalar orasiga yashirindi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Ovchilar har qaysisi bir nechadan quyon, oʻrdak olib bormoqda edi. A. Qahhor, Xotinlar
-
Oʻzbekiston xoʻjaliklarida quyon, asosan, goʻsht va moʻyna uchun boqiladi. Fan va turmush
2. koʻchma Yuraksiz, jurʼatsiz, qoʻrqoq (odam haqida).
-
Mayna Narzi ota bilan gurunglashishni istamasdi. Bu qari quyon biror vahimani javrab, gʻashimni keltiradi, deb indamadi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
3. Muchal yil hisobida toʻrtinchi yil nomi.
quyon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Quyon boʻlmoq
-
[Munavvarxon] Ishxonasiga bir koʻrinish beradi-yu, quyon boʻladi. M. Ibrohimov, Yoʻlakdagi muhabbat
Quyon yili
QUYON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЁН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quyon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar