tozala
bilan ulashing
1. Kir, chang, ifloslik va shu kabilardan xoli qilmoq, toza qilmoq.
-
Tish tozalamoq. Idishlarni tozalamoq. Uyni tozalab supurmoq.
-
Yoʻlchi ularga beda tashladi. Keyin kurak va supurgi olib, otxonani tozalay boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Aralashmalardan, keraksiz, ortiqcha narsa yoki qismlardan xoli qilmoq.
-
Spirtni tozalamoq. Yongʻoq tozalamoq. Guruch tozalamoq. Dalani gʻoʻzapoyalardan tozalamoq.
-
Anvar gullarni sugʻorish, oʻtlarni yulib tozalash vazifalarini oʻzi bajardi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Yoʻlchi yoʻgʻon qamish topib, ichini tozalab, bir qarichdan moʻlroq qirqib oldi-da, unga noʻxat sigʻadigan bir necha teshiklar yasadi: — Mana bu nay, — dedi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Nomaqbul kishi, narsa va shu kabilardan xoli qilmoq, ularni yoʻq qilmoq.
-
Yoshlar ongini zararli taʼsirlardan tozalamoq. Ekin maydonini begona oʻtlardan tozalamoq.
-
U [Toʻqsonov] birinchi galda oʻz qaramogʻidagi idoralarni tozalab, odamlarni yangilashga kirishadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Polk oʻlkani qadam-baqadam fashistlardan tozalab, Dneprga yaqinlashyapti. A. Muhiddin, H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz
TOZALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОЗАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tozala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar